“Chirchiq” poligonida birgalikdagi maxsus mashgʻulotlar o‘tkazildi

0
1496

Xabaringiz bor, «Chirchiq» umumqo‘shin poligonida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo ishtirokchi davlatlar Qurolli Kuchlari qoʻshinlari boʻlinmalari ishtirokida tajriba almashishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Bugun, 22-iyun kuni boʻlinmalar ishtirokida birgalikdagi kompleks taktik maxsus mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlikdagi muhandislik razvedka dozori va harakatni ta’minlovchi otryadi tarkibida muhandislik boʻlinmalari harakati amalga oshirildi.

Xususan, boʻlinmalarning harakatlanish yoʻnalishlaridagi koʻpriklar dushman tomonidan portlatib yuborilganida, harakatni ta’minlovchi otryadning ogʻir mexanizatsiyalashgan koʻpriklarini barpo etish boʻyicha amaliy harakatlari koʻrsatib oʻtildi. Dushman tomonidan masofadan oʻrnatilgan mina maydonlaridan oʻtish yoʻlaklarini ochish borasidagi taktik harakatlar ham shular jumlasidan.

MDHga a’zo davlatlar qoʻshinlari bo‘linmalarining birgalikdagi mashg‘ulotlari davom etmoqda. Shuningdek, kun davomida harbiy delegatsiyalar vakillari va mashg‘ulot ishtirokchilarining harbiy qism va muassasalarga tashrifi kutilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting