MDHga a’zo davlatlar bo‘linmalari taktik mashg‘ulotlarni kuzatdi

0
1125

Bugun, 21-iyun kuni «Chirchiq» umumqo‘shin poligonida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo ishtirokchi davlatlar Qurolli Kuchlari qoʻshinlari boʻlinmalari taktik maxsus va maxsus tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlarni kuzatdi.

Dastlab muhandislik sapyor boʻlinmalari shaxsiy tarkibi uchun muhandislik razvedka dazorining qoʻshinlar harakati yoʻnalishini razvedka qilishdagi harakati namoyish etildi. Soʻngra muhandis texniklar va mexanik haydovchi mutaxassislari uchun harakatni ta’minlovchi otryadning turli xil toʻsiqlardan, xususan, zararlangan hududlardan oʻtishni ta’minlash boʻyicha amaliy koʻrgazmali mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

Taktik jarayonlar maxsus razvedka, yoʻl ochuvchi, koʻprik oʻrnatuvchi muhandislik texnikalarini jalb qilgan holda amalga oshirildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo ishtirokchi davlatlar Qurolli Kuchlari qoʻshinlari boʻlinmalari Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida bo‘lib, u yerda muhandislik qo‘shinlariga tegishli bo‘lgan harbiy texnika va anjomlar bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni MDHga a’zo davlatlar qoʻshinlarining birgalikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting