Saylov komissiyalari raislari va a’zolari uchun seminar-trening tashkil qilindi

0
981

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida tashkil qilingan uchastka saylov komissiyalari raislari va a’zolari uchun onlayn seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotni Markaziy saylov komissiyasining doimiy a’zosi Bahodirjon Yunusov olib bordi. U o‘z ma’ruzasida saylov qonunchiligini takomillashtirish jarayonidagi o‘zgarishlar, uchastka saylov komissiyasi raisi va a’zolarining vazifasi, saylov uchastkalari faoliyati, u yerda saylovni tashkil etish jarayonlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, muddatidan oldin ovoz berish huquqi, muddatidan oldin ovoz berishning nima uchun zarurligi, xizmat safarida bo‘lgan harbiy xizmatchining saylovda ishtirok etish tartibi haqida so‘zlab o‘tdi. Shuningdek, saylov uchastkasiga tashrif buyurgan kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari va OAV xodimlarini tegishli tartibda ro‘yxatga olish qoidasi, xalqaro kuzatuvni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar va ularning missiyasi, xalqaro kuzatuvni amalga oshirishning huquqiy asoslari hamda xalqaro kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari xususida qimmatli ma’lumotlar berdi.

Yashirin ovoz berish tartibi bo‘yicha namoyish etilgan videorolik va harbiy qism hamda muassasalarda ovoz berish jarayonlarini aks ettirgan fotolavhalar va slaydlar seminar ishtirokchilarining mavzuga oid bilimlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Podpolkovnik Gulnora HOJIMURODOVA,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting