Janubda “Mening oilam pazanda oila” bellashuvi bo‘lib o‘tdi

0
1041

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jamiyatda har tomonlama namuna harbiy oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinadi.

Xususan, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Mening oilam pazanda oila” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuv ana shunday tanlovlardan biridir.

Ushbu bellashuvda Termiz garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari va farzandlari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan birgalikda bayram dasturxonini bezash va har bir ishtirokchi o‘zlarining viloyatidagi milliy taomlarni pishirish orqali ishtirok etdi. Bundan tashqari bolajonlar uchun turli xil sport o‘yinlari va street-art yo‘nalishida rasm chizish musobaqalari ham o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, kichik serjant Saidali Asadovlar oilasi faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi,  III-darajali serjant Yigitali Boboqulovlar oilasi esa II, kichik serjant Odil Erbo‘tayevlar oilasi III o‘rinni egalladi.

Musobaqa g‘oliblari harbiy qism rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘a hamda diplom bilan taqdirlandi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting