Samarqandda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumi yakunlandi

0
1784

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida viloyatning shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi 100 nafar yigit uchun tashkil qilingan oʻn kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini oʻz nihoyasiga yetdi.

Oʻn kun davomida yigʻin ishtirokchilari bilan markazda jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunar o‘rganish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Bundan tashqari, yig‘in ishtirokchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Mini futbol”, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi uchun “Harbiy estafeta”, viloyat IIB boshlig‘i kubogi uchun “Milliy kurash”, hamda Yoshlar ishlari agentli viloyat boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tantanali yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Sherzod Olimov, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, keng jamoatchilik vakillari hamda yig‘in ishtirokchilarining ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini tilashdi. Shuningdek, ularga egallagan kasb-hunari, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda IT yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Yig‘in davomida o‘tkazilgan sport musobaqlari hamda “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar tashkilotchilarining kubog, diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting