Toshkent va Sirdaryoda vatanparvarlik festivallari o‘tkazildi

0
630

Jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish davlat siyosating ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism targʻibot guruhi tomonidan Yunusobod tumanidagi 122-maktabda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

“Yoshlar oyligi” doirasi oʻtkazilgan ushbu tadbirda harbiy orkest jamoasi tomonidan kuy-qoʻshiqlar, faxriy qorovul chiqishlari namoyish etildi. Oʻquvchi yoshlar tomonidan ijro etilgan sahna koʻrinishlari esa barchaga birdek manzur boʻldi.

Keng jamoatchilik, yoshlar va ota-onalar ishtirok etgan tadbirda soʻzga chiqqanlar yoshlarga oid davlat siyosatining mamlakatimizda amalga oshirishda milliy armiyaning roʻli va oʻrni beqiyosligi, bu yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir soʻnggida maktab hududida harbiy xizmatchilar bilan hamkorligida aholi bandligini taʼminlash maqsadida qandolat ishlab chiqarish sexi ochildi. Ushbu yangilik faqatgina yangi ish oʻrni yaratibgina qolmay, u yerda maktab oʻquvchilari va hududda istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilarning farzandlari bepul ravishda oʻz bilim va mahoratlarini oshirishi mumkin boʻladi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Markaziy yoshlar” bogʻida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Unda viloyatdagi harbiy qismlar, Yoshlar ishlar agentligi, Yoshlar ittifoqi viloyat boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar, mahallalar yoshlari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting