Buxoro viloyatida keng qamrovli festival boʻlib oʻtdi

0
1326

Buxoro viloyat hokimligi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda Buxoroda keng qamrovli festival o‘tkazildi.

Buxoro shahri markaziy koʻchasi boʻylab harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida harbiy saf yurishi tashkil etilgani shahar aholisiga oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Tadbirning badiiy qismi “Favvoralar maydoni”da davom etdi. Festivalda soʻz olgan viloyat hokimligi hamda okrug qoʻmondonligi vakillari yoshlarga o‘z oldilariga qoʻyilgan marralari sari dadil borishlari hamda ko‘proq kitob o‘qib, biror mutaxassislikni egallashlari lozimligini ta’kidladi. “Yoshlar oyligi”ni sifatli va sermazmun tashkil etishda bir kuch boʻlishga chaqirdilar.

Buxoro garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan yoyilgan oʻquv nuqtalarida yoshlar qurol-aslaha va anjomlar namoyishi bilan tanishib, qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldi. Harbiy orkestr jamoalari hamda taniqli sanʼatkorlar Vatanga muhabbatni tarannum ettiruvchi kuy-qoʻshiqlari esa barchaning koʻngliga bayramona kayfiyat ulashdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi va qurol bilan koʻrgazmali chiqishlar yoshlardagi milliy armiyamiz qudratiga ishonch hamda harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirgani aniq. Bolalar Musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan goʻzal raqslar, sahna koʻrinishlari barchada koʻtarinkilik bagʻishladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting