Samarqandda Mudofaa vazirligining “Yoqub Tursunov” nomli bolalar oromgohi o‘z ishini boshladi

0
789

Samarqand viloyati Urgut tumani “Omonqo‘ton” mahallasida joylashgan Mudofaa vazirligining “Yoqub Tursunov” nomli bolalar oromgohi o‘z ishini boshladi.

O‘z ishini boshlagan oromgoh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining farzandlari uchun yana bir quvonchli kun bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Oromgohda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan qisqa fursat ichida ta’mirlash ishlari olib borilib, har yilgidanda o‘zgacha qilib sharoit va imkoniyatlar yaratilib, hududdagi obodonlashtirish jarayonlari zamonaviy standartlar asosida amalga oshirildi.

Bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan mazkur maskanda shinam va yorug‘ yotoqxonalar, oshxona, sport shaharchalari, ma’naviyat xonasi, to‘garak xonalari, amfiteatr, tibbiyot punkti, yuvinish xonasi va suzish havzasi mavjud bo‘lib, bolajonlarning maroqli dam olishlari va hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, bolalarning xavfsizligini ta’minlash, salomatligini muhofaza qilish maqsadida oromgohga tegishli sohaviy xizmat vakillari jalb etilgan.

Joriy yil oromgohda 600 nafar bolani sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Erta tongdan Jizzax, Kattaqo‘rg‘on hamda Navoiy garnizonlaridan kelgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining farzandlari okrug ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy orkestr sadolari ostida tantanali ravishda kuzatildi va oromgohda kutib olindi.

Ikki hafta davomida so‘lim tabiat bag‘rida dam oladigan o‘g‘il-qizlar guruhlarga bo‘linib, yotoqxonalarga joylashtirildi va ularga kundalik tartiblar yetkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting