Qoʻmondon kubogi uchun mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi

0
866

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari oʻrtasida sogʻlom raqobatbardosh muhitni taʼminlash, sportning mini-futbol turini ommalashtirish hamda ilgʻor jamoalarni ragʻbatlantirish maqsadida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Jismoniy tayyorgarlik va sport zamonaviy armiyaning jangovar tayyorgarligining asosi, ajralmas qismi boʻlib, harbiy xizmatchilarda metin iroda, matonat, shijoat va liderlik xususiyatlarni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bois, armiyada turli sport musobaqalari, bellashuv va chempionatlar oʻtkazilib, sport turlarini ommalashtirishga katta eʼtibor beriladi. Murosasiz bahslarga boy oʻtgan uchrashuvlarda harbiy okrugning 12 ta eng sara jamoalari kuch sinashib, gʻoliblik uchun toʻp surdi.

Har bir oʻyinda shiddatli lahzalar, kuchli bosim va yuqori texnika namoyish etildi. Ishtirokchilar jamoa sharafini himoya qilish uchun bor kuch va gʻayratini ayamay ishga soldi.

Gʻolib jamoa Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining kubogi bilan taqdirlanib, iyun oyida oʻtkaziladigan Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Sovrindor jamoalar ham kubok, medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting