Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi

0
658

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻida.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli tadbirlar, urush faxriylari, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va yaqinlari holidan xabar olish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, bu safar Andijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Zayniddin Qurbonov xonadonida bo‘ldi. Yaqin kunlarda 100 yoshni qarshi oladigan otaxon harbiy xizmatchilar tashrifidan mamnun bo‘lib, ular bilan dildan suhbat qurdi. Harbiy shifokorlar tomonidan qahramonimizning sogʻligi ham tekshiruvdan oʻtkazildi.

Shuningdek, Andijon shahridagi harbiy qism, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Andijon harbiy prokuraturasi, viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi masʼullari va viloyat Faxriylar kengashi, Jamoatchilik aʼzolari hamda harbiy orkestr jamoasi yana bir Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi — Aleksandr Vasilevskiyning holidan xabar oldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting