Osiyo chempionati g‘oliblari tantanali kutib olindi

0
7317

Mudofaa vazirligi harbiy sportchilari Xitoyda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar kuni kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanli kutib olindi.

Marosimda Mudofaa vazirligi mas’ullari, sportchilarning qarindoshlari va yaqinlari ishtirok etib, Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlarini qutladilar.

Ma’lumot uchun, musobaqaning dastlabki kunida 8 ta vaznda bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar, -66 kg, -81 kg, -90 kg, +100 kg ayollar -57 kg, -63 kg, -70 kg, +87 kg vazn toifalarida 19 ta mamlakatdan 80 dan ortiq kurashchilar kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan bahslarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Muhsin Hisomiddinov +100 kg vazn toifasida, Toshkent harbiy okrugi sportchisi, kichik serjant Artyom Shturbabin esa -66 kg vazn toifasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti