Namanganda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

0
797

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan, 10-11-sinf oʻquvchilaridan tuzilgan “Vatan tayanchi” otryadlari oʻrtasida “Men gʻolib” shiori ostida mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqa ishtirokchilari harbiy estafeta, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, merganlik mahorati, saf qoʻshiqlari hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” yoʻnalishlarida murosasiz bellashdi.

Musobaqada viloyatning tuman bosqichlari gʻolibi boʻlgan 12 ta jamoa ishtirok etdi va shaffoflik bilan oʻtkazilishini hayʼat aʼzolari baholab bordi.

Yakunda 3-oʻrinni Namangan tumani “Burgut” jamoasi, 2-oʻrinni esa Chust tumani “Qalqonlar” jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, faxrli 1-oʻringa Uchqoʻrgʻon tumanidan “Burgutlar” jamoasi munosib ko‘rildi. Gʻolib va sovrindorlar okrug qoʻmondoni oʻrinbosari, viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi, Yoshlar agentligi va “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati