Qo‘mondon muddatli harbiy xizmatni yakunlayotgan askarlar bilan uchrashdi

0
2972

Armiya – hayot maktabi! Ushbu ibora yigitlik burchini ado etayotgan askarlar hayotida yorqin aks etadi. Metn iroda, matonat, tartib-intizom kabi er yigitni sayqallovchi muhim xislatlarni oʻrgatadigan ushbu maskan oʻz nomi bilan Vatan himoyachilarini bagʻriga olgan.

Ayni kunlarda muddatli xizmatni ado etgan oʻgʻlonlarni doimiy yashash manzillariga kuzatish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bundan bir yil ilgari yurt himoyasiga bel bogʻlab, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugga qadam qoʻygan askarlar ham bugun yorugʻ yuz bilan oilalari bagʻriga qaytish arafasida turibdi. Okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tashabbusi bilan tashkil etilgan “Qoʻmondon va askarlar uchrashuvi”da ushbu oʻgʻlonlar boshqaruv apparati madaniyat saroyiga taklif etildi.

Qoʻmondon dastlab askarlarning harbiy xizmatlari davomida olgan taassurotlari bilan qiziqdi. Mashaqqat-u qiyinchiliklar kishiga azob berish uchun emas, aksincha, ularni sabot bilan yengib oʻtishni oʻrganish uchun berilishini aytib, askarlarni ana shunday koʻnikmaga ega boʻlganliklari bilan tabrikladi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda navqiron oʻgʻlonlarning aksari shartnoma asosida xizmatni davom ettirishga qaror qilganliklarini, baʻzilari esa shu yerda olgan bilim, koʻnikmalaridan foydalanib, yurt ravnaqi yoʻlida kerakli inson boʻlishlarini bildirdilar.

Sermazmun suhbat yakunida qoʻmondon barcha askarlarga sadoqatli xizmatlari uchun minnatdorlik izhor etib, oq yoʻl tiladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati