Markazda navbatdagi tantanali bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi

0
960

Samarqand garnizonida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi tantanali bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand viloyati “Nuroniylar”, Yozuvchilar uyushmasi bo‘limlari xodimlari, ota-onalar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, markazda serjantlarni, yaʻni kichik komandirlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradigan samarali tizimni yaratilgani, ular oʻz malakasi va mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib oʻrin egallayotganini alohida taʻkidlab oʻtdilar.

Bitiruvchilarga navbatdagi unvonlar, koʻkrak nishonlari va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir soʻngida harbiy orkestr va “Barkamol avlod” bolalar musiqa va sanʻat maktabining oʻquvchilari ijrosida taralgan kuy-qoʻshiqlar tadbirni chinakam bayramga aylantirib yubordi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati