“Vatan tayanchi” koʻkrak-nishonlari oʻz egalariga topshirildi

0
1328

Mudofaa vazirligiga qarashli Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida joylashgan harbiy qismda “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faol aʼzolariga koʻkrak nishonlari va guvohnomalarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tashrif buyurgan davlat va jamoat tashkilot vakillari, harbiylar va yoshlar harbiy qismning saf maydoniga saflandi. Marosim davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Tadbir davomida hamkor tashkilotlar, hokimlik va jamoat tashkiloti vakillari birin-ketin soʻzga chiqib, hozirgi kunda yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida gapirib, ularni hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday e’tibordan unumli foydalanishga chaqirishdi.

Ma’lumot uchun, Uchquduq tumanida bugungi kunda jami 16 ta “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harakati tashkil etilgan boʻlib, unga 235 nafar yosh qamrab olingan. Harbiy qismda tashkil etilgan tadbirda harakatning faol a’zolarida ko‘krak-nishonlari topshirildi. Shuningdek, yoshlar mazkur harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti