Harbiy shaharchada Navroʻz shodiyonalari

0
1523

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yangi bunyod etilgan harbiy shaharchada ilk bor Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Maxsus avariya tiklash boshqarmasi, aloqachilar harbiy qismi va tuman Maʻnaviyat va maʻrifat boʻlinmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʻzolari ishtirokida Navroʻz shodiyonalari oldidan bayram sayli oʻtkazildi.

Saylda xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odat va anʻanalarini aks ettirgan ayvonchalar, yoʻlak boʻylab mohir kashtadoʻz-u chevarlar tomonidan tikilgan milliy liboslarimizni, doʻmbira, doira kabi xalq cholgʻu asboblarini, milliy buyumlar namoyish etildi.

Harbiy qism va muassasa boshliqlari koʻrgazma va dasturxonga qoʻyilgan bahoriy noz-neʻmat mahsulotlarini koʻzdan kechirdi. Oilalar bilan suhbatlashib, ularni bayram bilan qutladilar.

Doshqozonlarda sumalak, palov kabi milliy taomlarimiz barchaga tortiq qilindi. Qisqasi, harbiy shaharchadagi Navroʻz sayli xalqimizning milliy qadriyatlarga mos ravishda tashkil etildi. Unda qatnashgan harbiy xizmatchilarning oilalari mana shunday ulkan shodiyonalarga yoʻl ochib bergan istiqlolga shukrona aytdilar.

Mayor Sherqoʻzi HAKIMOV, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti