Navoiy va Jizzaxda Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishlari oʻtkazildi

0
1335

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev raisligida Navoiy va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda viloyat hokimlari hamda garnizondagi barcha kuch tuzilmalarining rahbarlari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda dastlab, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 13-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar oʻrtaga tashlanib, ijrosini taʻminlash maqsadida ish rejalari muhokama etildi.

Shundan soʻng, mintaqada kechayotgan harbiy siyosiy vaziyatlar tahlil qilinib, chegaralarimiz daxlsizligi va jamoat xavfsizligini taʻminlashda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar hamda profilaktik tadbirlar borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, garnizonlardagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida uy-joy bilan taʻminlash, salomatligini nazorat qilib borish, bandligiga ko‘maklashish kabi ustuvor vazifalarni 2023-yilgi “yoʻl xaritasi” asosida amalga oshirishga kelishib olindi.

Yakunda mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha kengash aʼzolari bilan birgalikda tegishli qaror qabul qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati