Namanganda “Jasorat maktabi” yigʻini yakunlandi

0
786

Namangan viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazida viloyat yoshlar bilan 10 kun davomida “Jasorat maktabi”  harbiy vatanparvarlik yigʻini o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga tinchlik va totuvlikni asrab-avaylash ahamiyatini singdirish, “Xalq va armiya – bir tan-u, bir jondir!” ezgu tamoyili asosida masʼul vazirlik, idoralarning kuch va imkoniyatlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirishni talab etmoqda. Bu borada profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan hududlarda tashkil etilayotgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻinlarining oʻrni muhimdir.

Namangan viloyatidagi harbiy qismlarning birida ham “Jasorat maktabi” yigʻinining yakuniy tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, ota-onalar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Oʻn kunlik harbiy-oʻquv yigʻini davomida yoshlarga harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi va kasbga yoʻnaltirish borasida oʻz sohasining malakali mutaxassislari va harbiy xizmatchilar tomonidan bilim va koʻnikmalar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati