Chaqiruv mavsumidagi tashkiliy tadbirlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

0
806

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish va belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan hamda rezervga boʻshatilgan fuqarolarni manzillarga tashish tadbirlarini tashkillashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Unda okrug qoʻmondonligi, “Samarqand temir yoʻllar” AJ mutaxassislari, Transportda xavfsizlikni taʻminlash boshqarmasi vakillari bilan birga, Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlaridagi barcha kuch tuzilmalarining masʻullari onlayn ravishda ishtirok etdi.

Tadbirda asosan kun tartibidagi masala yuzasidan asosiy vazifalar belgilandi. Jumladan, yigʻin punktlarida yangi chaqiriluvchilarni qabul qilish, temir yoʻl vokzallariga joʻnatish va rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarni kutib olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil qilishga alohida eʻtibor qaratildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga temir yoʻl vokzallarida, bekatlarda chaqiruv va xizmatdan boʻshatish tadbirlarini oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan harakat davomida, avtomobil transportida tashish vaqtida avtokolonnalarning xavfsiz harakatlanishini tashkillashtirish, temir yoʻl chiptalarini rasmiylashtirish, ularni chiqarish va tushirish boʻyicha talablar yetkazilib, ularga qatʻiy rioya etilishi lozimligi taʻkidlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati