Profilaktik hisobda turgan yoshlar harbiy xizmatchilarga biriktirildi

0
1040

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi profilaktik hisobda turgan voyaga yetmagan yoshlar Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi rahbarligida “1+5’” biriktirish tizimi asosida harbiy xizmatchilarga biriktirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2023-yil 13-yanvardagi kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Qurolli Kuchlar jangovar tayyorgarligini takomillashtirish, shu bilan birga, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan vazifalar belgilab berilgandi. Hozirda ularning ijrosini ta’minlash yo‘lida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent harbiy okrugi mas’ullari ishtirokida o‘ktazilgan uchrashuv davomida otaliqqa olingan yoshlarni oilaviy ahvolini atroflicha o‘rganish, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, mahalla raislari va faollar bilan suhbat o‘tkazish, toifalarga bo‘lish hamda manzilli ishlarni ketma-ketligini tuzish rejalari, shuningdek, bunday tadbirlar Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida har oy o‘tkazilishi belgilab olindi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati