Navoiy garnizonida donorlik aksiyasi o‘tkazildi

0
548

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida “Men donorman!” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Unda garnizondagi barcha harbiy qism va muassalar harbiy xizmatchilari hamda Navoiy harbiy prokuraturasi vakillari faol ishtirok etdi.

Inson hayotini saqlab qolish aksariyat hollarda qon quyish jarayoniga bog‘liq. Qon esa kimyo laboratoriyalarida ishlab chiqilmaydi, u inson organizmidagi bebaho ne’mat hisoblanadi. Donorlarning yordami bilan og‘ir ahvoldagi onkogematologik kasallikka chalingan ko‘plab bemorlarni hayotga qaytarish mumkin. Bunday savobli amalni beg‘araz ko‘mak sifatida bajarayotgan harbiy xizmatchilarning soni tobora ortayotgani quvonarli.

Navoiy shahridagi viloyat qon quyish markazida o‘tkazilgan mazkur aksiyada Mudofaa vazirligining 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan barcha harbiy xizmatchilar bu kabi aksiyalarda faol bo‘lishga chorlab qolamiz. Zero, sizning yordamingiz bir bemor hayotini asrab qolishi mumkin.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati