Samarqandda “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi

0
500

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qismda umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining 400 ga yaqin aʼzolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

2022-yil 2-mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandi. Qarorga muvofiq, davlat umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 10—11-sinf oʻquvchilari orasidan vatanparvar, eng intizomli va bilimli, tashabbuskor boʻlgan 20 nafar yoshlarni saralab olish orqali “Vatan tayanchi” otryadlarini tashkil etish belgilangan.

Xususan, shu vaqtgacha Samarqand viloyatida 24 ming 570 nafar yoshdan iborat 1245 ta “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilgan bo‘lib, marosimda Samarqand shahri, Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo hamda Toyloq tumanlaridagi 20 ta “Vatan tayanchi” otryadining 400 nafar aʼzosiga “Vatan tayanchi” harakatining nishonlari topshirildi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar otryad a’zolariga ushbu sharafli nishonni taqib yurishga munosib boʻlib, kelgusida oʻz tengdoshlari orasida haqiqiy vatanparvar, yetakchi va tashkilotchi boʻlishi zarurligini ta’kidlashdi. Tadbir yakunida esa harbiy orkestr tomonidan ona Vatanni, tinchlik va mardlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Avvalroq Jizzaxda “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining 525 nafar aʼzosiga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari topshirilgani haqida xabar qilingandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati