Namanganlik yoshlar uchun harbiy qismda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

0
844

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qolaversa, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlarning tetz-tez o‘tkazilib turilishi xalq va armiya birdamligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Namangan garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan ochiq eshiklar kuni ham ana shunday maqsadlar sirasiga kiradi. Tadbirda Namangan viloyatining shahar va tumanlaridan ikki yuzga yaqin o‘quvchi yoshlar, viloyat harbiy prokuraturasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastlab yoshlar e’tiboriga harbiy qism faxriy qorovul bo‘linmasi tomonidan turli chiqishlar, qurol–aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

O‘quvchi yoshlar harbiy qism kutubxonasi bilan ham yaqindan tanishar ekan, jahon va o‘zbek adabiyoti, shuningdek, harbiy o‘quv qo‘llanmalar haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tadbir davomida harbiy qism madaniyat markazida taniqli marketolog va biznes murabbiyi Muhammadali Eshonqulov hamda yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida yoshlar aniq maqsad sari intilish borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati