Navoiy garnizonida kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quvi bo‘lib o‘tmoqda

0
857

Markaziy harbiy okrug Navoiy garnizonidagi harbiy qismlarning birida kuch tuzilmalari hamkorligida “O‘quv jangovar brigada tarkibidagi batalyon-taktik guruhlarini jangovar qo‘llanishi” mavzusida “Kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quvi” bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quvda shaxsiy tarkibni (real vaziyatga yaqinlashtirilgan sharoitlarda) jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga safarbar etishda qo‘shin turlarining uzluksiz boshqaruvini ta’minlash, modellashtirish va simulyatsiya vositalarida qo‘shinlar harakatini eng optimal variantlarini ishlab chiqish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni qo‘llash samaradorligini oshirish va yangi taktik harakat usullarini sinovdan o‘tkazish maqsad qilingan.

O‘quv davomida boshqaruv organlari va bo‘linmalar bilan taktik tayyorgarlik, razvedka, harbiy topografiya, aloqa tayyorgarligi, elektron xaritada ishlashni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, elektron hujjat aylanishi, modellashtirish hamda simulyatsiya vositalari yordamida raqamli xaritada taktik qisqa masalalarni bajarish kabi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Okrug qo‘mondonligi boshchiligida esa o‘quv jarayonida batalyon, vzvod va guruh komandirlarining qabul qilgan qarorlari, yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularga kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.

O‘quv davomida ta’kidlanganidek, mazkur mashg‘ulotlar yurt o‘g‘lonlarinining qo‘shinlarni boshqarish va kuch tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda harakat qilish ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati