Surxondaryoda yangi harbiy texnikalar foydalanishga topshirildi

0
1052

Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasida qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan taʼminlash hamda mustaqil mudofaa sanoati majmuasini yaratish koʻzda tutilgan. Shundan kelib chiqib, milliy armiyamizni eng zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur islohotlarning davomi o‘laroq, kuni kecha Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod va Kakaydi garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar boʻlinmalarining jangovar shayligini yanada oshirish va zamonaviy harbiy texnikalar bilan taʼminlashga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mazkur harbiy qismlarga zamonaviy harbiy texnikalar topshirildi. Texnikalarni tantanali topshirish marosimida soʻzga chiqqqanlar davlatimiz tomonidan qoʻshinlarning mudofaa qudrati, jangovar shayligi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Eʼtiborli jihati, mazkur harbiy texnikalar mamlakatimizdagi mahalliy zavodlarda yig‘ilgan boʻlib, yonilgʻi sarfi boʻyicha tejamkorligi, manyovr imkoniyatlari kengligi va boshqa texnik koʻrsatkichlari bilan ajralib turadi.

Bunday zamonaviy harbiy texnikalar bilan taʼminlash ishlari Mudofaa vazirligi tasarrufidagi boshqa harbiy qismlarda topshirilish tadbirlari davom etmoqda.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni