Is gazidan zaharlanish va yo‘l transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir

0
748

Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati hamda garnizonlardagi harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari ishtirokida yo’l transport hodisasi va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo’yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Qish mavsumining boshlanishi, ob-havo haroratining keskin pasayishi bilan haydovchilardan yo’llarda harakatlanishida hushyorlikni, uylar, yotoqxonalar va boshqa bino, inshootlarda isitish moslamalaridan foydalanishda esa yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish talab etiladi. Shu boisdan mazkur mavzularga bag‘ishlab o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar bunday salbiy holatlarning oldini olishda ahamiyatlidir.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, garnizonlardagi yong‘in nazorati inspeksiyalari va Harbiy avtomobil nazorati hamda bir guruh mutaxassislar tomonidan
tunggi vaqtlarda havo haroratining tushishi oqibatida yo‘llarning muzlashi kuzatilayotgani, bunday vaziyatda qanday choralar ko‘rilsa, yaxshi bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, is gazidan zaharlanish va uni oldini olish choralari yetkazildi. Gaz chiqib turishining sabablari:

  • gorelkadagi alangani nazoratsiz qoldirish oqibatida uning ustiga suyuqlik tushishi va shamol ta’sirida o’chib qolishi;
  • gaz quvurlariga arqon bog’lash va unga kir yoyish;
  • ishlab turgan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;
  • gaz plitasini isitish uchun ishlatish.
  • gaz hidini sezib qolganda:
  • gugurt yoqmang;
  • tezda gazni o’chiring, derazalarni oching;
  • gaz keladigan jo’mrakni o’chirib qo’ying;
  • yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang yoki yoniq bo‘lsa o’chirmang;
  • gazlangan xonadondan chiqib keting va 104, raqamiga qo’ng’iroq qilib, avariya xizmati xodimlarini chaqirig;
  • gazni yoqishdan oldin gorelkaga gugurt tutib, shundan keyingina gazni oching.

Siz bu qoidalarga amal qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni ko‘ngilsiz hodisalardan asragan bo‘lasiz!

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati