Qarshida kuch tuzilmalaridagi yoshlar yetakchilarining faoliyati sarhisob qilindi

0
785

Qarshi shahrida joylashgan Muhandislik iqtisodiyot instituti faollar zalida “Kuch tuzilmalaridagi yoshlar yetakchilarining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari sarhisobi va 2023-yilga moʻljallangan rejalari boʻyicha oʻquv seminari” boʻlib oʻtdi.

Ta’kidlash kerakki, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yetakchilari barcha tashkilot va muassasalarda, xususan, kuch tuzilmalarining harbiy qismlarida ham oʻz faoliyatini samarali olib bormoqda. Ular Prezident tomonidan davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek masʻuliyatli ishlarni tashkil etish vazifasini zimmasiga olgan.

Mudofaa vazirligi, Davlat xavsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida ish olib borayotgan boshlangʻich tashkilot yetakchilari jalb etilgan tadbirda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari ishtirok etib, tashkilot olib borayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yakunlangan yilda har bir harbiy qismda qilingan ishlar sarhisobi tinglanib, oldinda belgilab olingan rejalar oʻrtaga tashlandi. Bunda Prezidentimiz tomonidan parlament va O‘zbekiston xalqimizga yoʻllangan murojaatnomasida keltirilgan fikrlar dasturilamal boʻlib xizmat qilishi belgilab olindi.

Harbiy xizmatchilar ishtirokida oʻtkazilayotgan tadbirlarning son va sifati tobora ortib borayotgani alohida qayd etilib, yangi yil uchun muhim takliflar muhokama qilindi.

Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati