Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanasi

0
1123

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatrida Kattaqoʻrgʻon artilleriya harbiy qismi tashkil etilganining 29 yilligi keng nishonlandi.

Unda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand harbiy prokuraturasi, shahar hokimligi, harbiy qism harbiy xizmatchilari, soha faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar tadbir ishtirokchilarini 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda harbiy qism tashkil topganining 29 yilligi bilan muborakbod etib, Vatan himoyasida toblangan mard oʻgʻlonlarimiz oʻzining mardlik va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuygʻusi bilan obroʻ-eʼtibor qozongan harbiy qism shaxsiy tarkibini Mudofaa vazirligi miqyosidagi oʻrnini eʼtirof etishdi.

Shundan soʻng bir qator harbiy xizmatchilar qimmatbaho sovgʻalar, faxriy yorliqlar, diplomlar, tashakkurnomalar va esdalik nishonlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yil yakuni boʻyicha oʻzgalarga namuna va oʻrnak boʻla olgan, har tomonlama safdoshlaridan ustun boʻlgan va harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan tadbirlarda doimo ishtirok etib kelgan harbiy xizmatchilar “Eng naʼmunali harbiy oila”, “Eng yaxshi harbiy sportchi oila”, “Eng yaxshi tadbirkor oila” kabi nominatsiyalar boʻyicha ham harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari taqdirlandilar.

Harbiy orkestr va sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, harbiylarning jangovorlik kasb etgan koʻrgazmali chiqishlari tadbirga yanada koʻtarinkilik bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati