Qurolli kuchlar akademiyasida navbatdagi sertifikatlar topshirildi

0
1729

Qurolli Kuchlar akademiyasi Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarini tayyorlash kafedrasi negizida Mudofaa vazirligida xizmat qilayotgan kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchilarning katta texnik va texnik ixtisosliklari yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish o’quv kurslari yakunlandi.

Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar akademiyasining katta majlislar zalida o’quv kurs bitiruvchilariga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi mutaxassislarni tayyorlash kurslarida tahsil olgan va yakuniy sinovlarda ijobiy natijalar qayd etgan harbiy xizmatchilarga Qurolli Kuchlar akademiyasi va qo’mondonlik rahbariyati tomonidan malaka sertifikatlari, shuningdek, qator harbiy xizmatchilarga III darajali navbatdagi serjant unvonlari topshirildi.

Tadbir davomida so’zga chiqqanlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan ijobiy islohotlar, jumladan, bugungi davr talabi asosida harbiy va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo’lgan malakali kadrlarni tizimli ravishda tayyorlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berdi. 

Tadbir yakunida harbiy orkestr hamda xushovoz xonandalar tomonidan kuylangan diltortar qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yanada ko’tarinkilik taqdim etdi.