“Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengash raislari ishtirokidagi o‘quv-uslubiy seminari yakunlandi

0
846

Joriy yilning 26—27-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashida tashkilotning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat kengashlari raislari uchun o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Seminarning birinchi kunida rahbar xodimlar joriy yilda o‘zlari rahbarlik qilayotgan hududiy kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Seminarning ikkinchi kunida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi o‘rinbosarlari tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish hamda ommaviy texnik kasb mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, Markaziy kengash apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan moliyaviy faoliyat, tizimdagi “E-AVTOMAKTAB” platformasi imkoniyatlari, kadrlarga oid ish yuritish, OAV bilan ishlash samaradorligini oshirish kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan o‘quv-uslubiy seminar davomida hududiy kengashlar raislarining malakasi oshirilibgina qolmay, balki ular o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati