Murojaatnomaning tahliliy muhokamasi boʻlib oʻtdi

0
747

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qism madaniyat markazida Prezidentning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasidagi ustuvor vazifar yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi mutaxassislari taklif qilindi.

Soʻzga chiqqanlar 2023-yilda “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, bir soʻz bilan aytganda, bola tugʻilganidan boshlab, 30 yoshgacha boʻlgan davrda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan, yaxlit va uzlyuksiz tizim yaratish vazifasi belgilab berilgni haqida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirilib, bu kabi tahliliy muhokamalar va davra suhbatlari harbiy xizmatchilar uchun yil yakuniga qadar oʻtkazishga kelishib olindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti