“Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Yosh oshpazlar” koʻrik tanlovi oʻtkazildi

0
842

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tashabbusi Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlarda hamda Kichik mutaxasisilarni tayyorlash markazida “Mahallabay” tizimi asosida ishlash boʻyicha harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan oliy taʼlim taʼlim maussasalari hamda mahalladagi 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirokida “Yosh oshpazlar” koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

Musobaqa shartlariga koʻra, har bir jamoada ikki kishi ishtirok etib, taom va gazak tayyorlash boʻyicha iste’dodlarini namoyon etishdi.

Koʻrik tanlov shartlarini baholash uchun harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari hamda ularning moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari ishtirokchilarning taom tayyorlash jarayonlarini kuzatib baholab bordi.

Yoshlar oʻz tumanini va mahallasini shaʼni uchun taomlarni va gazaklarni chiroyli mazali tayyorlashga harakat qilishdi. Koʻrik tanlovlarning yakunida gʻolib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati