Navoiyning olis hududida harbiy vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
788

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifasi yurtimizda yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun mamlakatimizning harbiy kuch-qudratini mustahkamlash, chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga koʻtarildi. Shu jumladan, Markaziy harbiy okrugda ham bu borada koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kuni kecha Navoiy viloyati Navbahor tumanining olis hududida joylashgan 7-umumtaʼlim maktabida “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festivalda viloyat va tuman hokimligi, faxriylar kengashi aʼzolari, harbiy xizmatchilar, yoshlar ishlari agentligi yetakchi mutaxassisilari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi. Mazkur festival barcha yoshlarni bir gʻoya atrofida birlashtirdi. Jangovar texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi, qoʻl jangi, faxriy qorovul chiqishlari esa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bir soʻz bilan aytganda, bu yerda jam boʻlgan yoshlarga bayramona kayfiyatga ulashildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati