Yosh avlodni qamrab olishga qaratilgan vatanparvarlik tadbiri

0
586

Mudofaa vazirligiga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan harbiy qism tashabbusi bilan Qoʻshrabot tumanidagi mahalla yoshlari bilan harbiy qism amaliy oʻq otish poligonida koʻrgazmali tadbir tashkillashtirildi.

Qator davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirning maqsadi —  “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” konseptual gʻoyasi asosida mahalla yoshlarini ijtimoiy faolligini oshirish, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashishga qaratilgan.

Oʻquvchi yoshlar bilan ishlash tizimini targʻib qilishga qaratilgan tadbir avvalida harbiy qism masʼul ofitserlari tomonidan yoshlarda qatʼiy hayotiy pozitsiyani hamda Vatan taqdiriga dahldorlik hissini kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, yoshlar oʻrtasida sport bellashuvlari ham o‘tkazildi. 

Tadbir soʻngida oʻz isteʼdodini namoyon etgan faol yoshlar hamda sport musobaqalarining gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti