Termizda armiya o‘yinlari sport musobaqasiga start berildi

0
838

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi “Termiz” umumqo‘shin dala poligonida armiya o‘yinlari sport musobaqasining okrug bosqichiga start berildi.

Musobaqada okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasaslarda xizmat qilayotgan 200 nafardan ziyod harbiy xizmatchi “Armiya biatloni”, “Badminton”, “HSK ko‘p kurashi”, “Ofitserlar uch kurashi”, “Yengil atletika”, “Otish sporti”, va “Pichoq uloqtirish” kabi 7 yo‘nalish bo‘yicha bellashadi.

Armiya o‘yinlari sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Sobirjon Baybabayev ishtirok etib, bugungi  kunda harbiy qismlarda sport yo‘nilishi bo‘yicha shart-sharoitlar zamon talabiga mos ravishda yaratilganligi va bu qulayliklarga javoban harbiy xizmatchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni e’tirof etdi.

Darhaqiqat, mazkur musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad — harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yanada rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakillantirish, sohadagi natijalar samaradorligini oshirish hamda ularning armiya o‘yinlaridagi munosib ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

Musobaqa joriy yilning 17-dekabr kuniga qadar davom etadi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni