“Nuriston” poligonida armiya o’yinlari musobaqalariga start berildi

0
1365

Janubi-g’arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Nuriston dala o’quv poligonida “Men g’olib” shiori ostida o’tkazilib kelinayotgan armiya o’yinlari musobaqalarining start berildi.

Tantanali ochilish marosimida tumanning o’quvchi yoshlari hamda faxriy harbiy xizmatchilar ham tashrif buyurdi. So’z olganlar barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, shu kunga qadar egallagan bilim-ko’nikmalarini to’laqonli namoyish etishlariga ishonch bildirdi. 

“Nuriston” poligonida armiya o’yinlari musobaqalarining “Eng ilg’or pulemyotchi”, “Eng ilg’or granatomyotchi”, “Eng ilg’or AGS va SPG hisobi” va “Merganlar marrasi” singari 4 ta yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar o’tkazilishi belgilangan.

Ayni damda mazkur musobaqaga harbiy okruglarda eng sara deb topilgan harbiy xizmatchilar jamlangan va o’z okruglari sha’nini himoya qilish uchun bor kuch-imkoniyatlarini safarbar etadilar.

Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarliklarini mustahkamlash, okruglar o’rtasida o’zaro sog’lom raqobat muhitini shakllantirish va eng asosiysi harbiy xizmatchilarimiz Xalqaro armiya o’yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga zamin yaratish uchun xizmat qiladigan ushbu bellashuvlar Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari tomonidan halol va shaffof tarzda baholab boriladi. 

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati