Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining o‘quv yig‘ini boshlandi

0
1844

So‘nggi yillarda Qurolli Kuchlarimizda yuz berayotgan yangilanishlar milliy armiyamizning jangovar shayligini yanada oshirib, tayyorgarlik mashgʼulotlari samaradorligini taʼminlashda muhim omil bo‘lmoqda.

“Termiz” umumqo‘shin poligonida tuzilmalarning Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa boʼlinmalari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in boshlandi.

Yig‘inning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik darajasini dunyoning eng ilg‘or armiyalari bilan tenglashtirish uchun harbiy qism va muassasalarda barcha moddiy-texnik asoslar, harbiy xizmatchilarga zarur shart-sharoitlar yaratilganini qayd etib o‘tishdi. Bu jarayonda tinchligimiz posbonlari faqat va faqat izlanib, o‘z ustida ishlashi, eng so‘nggi zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi lozimligi taʼkidlandi.

Dala o‘quv yig‘ini davomida harbiy xizmatchilar mavjud tajribalarini yanada oshirib, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy ravishda mustahkamlaydilar.

Yig‘in joriy yilning 16-noyabr kuniga qadar davom etadi.

III darajali serjant Аkbar АHMEDOV,
Termiz garnizoni