O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
2808

19-oktabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjonga bordi.

Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov mehmonlarni mamlakatga tashrifi bilan qutlar ekan, ularni Ozarbayjonda ko‘rishdan mamnunligini bildirib, ikki tomonlama harbiy hamkorlik do‘stlik va qardoshlik munosabatlariga asoslanganini ta’kidladi.

O‘z navbatida Bahodir Qurbonov Ozarbayjonga tashrifidan mamnunligini qayd etilib, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va yaqinlashib kelayotgan G‘alaba bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik har ikki davlat armiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. 

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

So‘ngra ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti