Kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi

0
5030

25-sentabrda joriy yilda Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlari uchun tantanali “Vatanga qasamyod” tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Xususan, erta tongdan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida kursantlar Vatanga qasamyod keltirish uchun saf tortdi. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuxrat Holmuhamedov tadbir avvalida soʻzga chiqib, kursantlarni ona Vatanni qoʻriqlash kabi sharafli kasbni egallash yoʻlidagi ilk qadamlari bilan qutladi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti

Shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida mazkur oliy harbiy taʼlim muassasasining Umumqoʻshin fakultetiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga yangi qabul qilingan yosh kursantlar “Vatanga qasamyod” qabul qildi.

Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, Oʻzbekiston Qahramoni, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi Sodiqjon Turdiyev so‘zga chiqib, yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yoʻlidagi islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi, barchaning oʻqish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham “Vatanga qasamyod” tantanalari yuqori saviyada oʻtkazildi.

Kursantlar davlatimizning muqaddas ramzi boʻlgan bayroqni oʻpib, buyuk ajdodlarning pok ruhlari oldida, Vatani oldidagi burchini halol bajarishga bel bogʻlab, vijdoni, or-nomus va shaʼnini oʻrtaga qoʻyib, Oʻzbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq boʻlishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda ont ichdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti