Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi vazifalar belgilab olindi

0
677

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi tuman (shahar) umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani sinflarini oʻquv-moddiy bazasini muntazam ravishda mustahkamlab bormoqda. Navbatdagi yig‘ilish bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari, Fargʻona garnizonidagi harbiy qism komandirlari va ularning oʻrinbosarlari, xalq taʼlimi boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Jamshid Karimov soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlarimizni oʻz ona Vataniga, xalqiga sadoqatli etib tarbiyalashda bir yoqadan bosh chiqarib, tadbirlarni amalga oshirish zarur ekanini taʼkidlab oʻtdi.

Shu bilan birga, soha yoʻnalishlari boʻyicha tanqidiy masalar ham koʻrib chiqildi va ularga aniq vazifalar belgilab berildi.

Oʻtkazilgan yigʻilish davomida soʻzga chiqqan tashkilot xodimlari esa har bir umumtaʼlim maktablaridagi ahvol va ularga yechim topish masalalari hamda xonalarni qay tartibda jihozlash boʻyicha fikr almashishdi, bu esa vazifani bajarish uchun dasturulamal boʻlib xizmat qilishi ekani aytib oʻtildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati