Qurolli Kuchlar Akademiyasida shaxmat chempioni bilan uchrashuv

641

Mamlakatimizda yoshlarni, ertangi kunimiz egalarini vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlarida ularning faol ishtirokini taʼminlash yoʻlida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahridagi Prezident maktabi, 101-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda mahalla yoshlari va davlat jamoat tashkiloti vakillari ishtirokida yaqindagina Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi va jahon chempioni, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Nodirbek Abdusattorov bilan uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, tadbirga Oʻzbekiston xalq artisti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi Afzal Rafiqov ham taklif qilindi. Tadbirni akademiyasi boshligʻi polkovnik Bobur Shoyoqubov oʻz nutqi bilan ochib berdi.

Tadbir davomida 101-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi hamda shaxmat boʻyicha Nodirbek Abdusattorov ishtirokida master-klass oʻtkazildi. Tadbir mehmonlari akademiya rahbariyati tomonidan sovgʻa va diplomlar bilan taqdirlandi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti