Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”da yangi o‘quv yili boshlandi

0
3411

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, harbiy akademik litseyi rahbariyati, faxriylar, ikkinchi bosqichga qadam bosgan hamda yangi maqsadlar bilan ilk taʻlim jarayonlarini boshlayotgan 150 nafar birinchi bosqich oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ushbu akademik litseyni tamomlagan oʻquvchilarning oliy taʻlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi 98 foizdan yuqorini tashkil etgani alohida taʻkidlab oʻtildi. Okrug qoʻshinlarini qoʻmondoni yangi oʻquv yilini boshlayotgan oʻquvchilarga oʻzining samimiy tilaklarini hamda tavsiyalarini berib oʻtdi.

Bayramona oʻtgan tadbirdan soʻng, ilk mashgʻulotlar boshlandi. Oʻquv yilining birinchi darslari “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Dars jarayonida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan oʻquvchilar bilan Mustaqillik davrida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga berilayotgan eʻtibor hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida suhbat oʻtkazildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati