“ArMI—2022”: “Dala oshxonasi” musobaqasi oxirlamoqda

0
816

“Dala oshxonasi” musobaqalari kechayotgan maydonda III darajali serjant Maʼmurbek Mamarasulov, kichik serjant Jamshid Qoʻqonovni koʻrganim hamon koʻnglimda ularning gʻalabasiga ishonch uygʻondi. Xalqona ibora bilan aytganda, har ikkisi ham ishning koʻzini biladigan tajribali mutaxassis.

– Qurolli Kuchlar oshxonasi iqlim sharoitimizdan kelib chiqqan milliy taomlar bilan boyitilgan, – deydi biz bilan suhbatda III-darajali serjant Maʼmurbek Mamarasulov. – Ammo musobaqa shartlarida koʻrsatilgan barcha yemaklar Yevropa va rus oshxonasiga xosdir. Bu raqiblarimiz boʻlgan Rossiya va Belarus jamoalariga biroz ustunlik berishi tabiiy. Ammo biz ham boʻsh kelganimiz yoʻq. Mustaqil ravishda izlandik, oʻrgandik. Natijasini koʻrib turibsiz.

Ha, natijalarni koʻrdik. Mana bir necha kundirki, musobaqani kuzatyapmiz. Kuchli jamoalar yigʻilgan, bir-biriga boʻy berishni istamaydi. Biroq muzaffariyat bitta jamoaga nasib etadi-da! Va oʻsha bitta Oʻzbekiston jamoasi boʻlsa nima deysiz?! Ajab emas. Chunki oldinda bittagina shart qoldi.

Shunday qilib bugungi natijalar bilan tanishing:

  • Tojikiston Respublikasi jamoasi — 149 ball;
  • Vyetnam sotsialistik respublikasi jamoasi — 150 ball;
  • Belarus Respublikasi jamoasi — 160 ball;
  • Rossiya federatsiyasi jamoasi — 167 ball;
  • Oʻzbekiston Respublikasi jamoasi har doimgidek eng yuqori — 169 ball!

Inobat IBROHIMOVA,

Leytenant Otabek NORBOYEV suratga olgan,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti