“Yo‘l patruli” musobaqasi ishtirokchilari Rishton kulolchilik maktabida

0
1102

“ArMI-2022” Xalqaro armiya oʻyinlari joriy yilning 13-avgustidan 27-avgust kuniga qadar dunyoning 12 ta davlatida oʻtkaziladi. Xususan, mamlakatimiz ilk bor musobaqalarning 5 ta yoʻnalishiga mezbonlik qilmoqda.

Bu yil xalqaro o‘yinlarning eng qiziq yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Yo‘l patruli” musobaqasi Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida oʻtkaziladi. Ta’kidlash kerakki, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan musobaqaga munosib tayyorgarlik koʻrilgan. Barcha hududlarda musobaqa ishtirokchilari uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.

Musobagaqa tayyorgarlik jarayonida Oʻzbekistonga kelgan xorij davlatlari harbiy jamoalari uchun viloyatning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkillashtirilib, ularga yurtimizning boy tarixi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilyapti.

Kuni kecha mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining harbiy xizmatchilari Rishton va Margʻilon shaharlarining e’tiborga molik joylariga, jumladan, Rishton kulolchilik maktabiga ekskursiya uyushtirdi. Mehmonlar qo‘l mehnatining bu qadar nozik namunalaridan hayratlarini yashirmay, ustalar mehnatini e’tirof etdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati