Yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

0
1075

Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Ichki ishlar bo‘linmalari hamda Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, yoshlar bilan ishlar hozirgi davrdagi eng muhim masalalardan biri ekanligi, bunda davlat organlari, ayniqsa, mahalalarning o‘rniga alohida urg‘u berib o‘tdi. Shundan so‘ng hokim o‘rinbosari mahallalardan saralab olingan, jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi “Qalqon” guruhi a’zolari faoliyatiga ham alohida to‘xtalib, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlar o‘rtasida imzolangan mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, ularni vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishdan iboratdir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati