“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!”

0
5469

Yurtimizda “Yoshlar oyligi” boshlanishi munosabati bilan Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasi tomonidan harbiy xizmatchilarning farzandlari va yoshlarni sanʼatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida mahorat darslari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻydi.

Dastlab mahorat darslarining ilk ishtirokchilariga orkestr jamoasining cholgʻu asboblari va ularning xususiyatlari haqida tushunchalar berildi.

Qoʻshinlarda harbiy xizmatchilarning qalbini baquvvat va shijoatini oshirish uchun albatta, harbiy orkestr jamoalarining kuy-qoʻshiqlari suv va havodek zarur. Bunga mahorat darsida ishtirok etayotgan yoshlar ham harbiy orkestr jamoasi ijrosidagi jangovar kuy-qoʻshiqlarini tinglab iqror boʻlishdi.

Mashgʻulotlar davomida beshta muhim tashabbusning birinchi yoʻnalishi boʻyicha, yaʼni sanʼatga qiziqishi boʻlgan yoshlar harbiy akalari bilan birgalikda milliy cholgʻu asboblarida goʻzal kuy va qoʻshiqlar ijro etishdi.

Endilikda harbiy orkestr jamoasi harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini yuksaltirish bilan birga yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning bor istedodlarini yuqori marralarga chiqarishga bel bogʻlashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati