Olimpiada chempionlari jizzaxlik yosh vatanparvarlar davrasida boʻldi

0
3505

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar uchun tashkil etilgan “Yosh vatanparvarlar yigʻini” ishtirokchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan ravnaqiga dahldorlik hissasini oshirish maqsadida Mudofaa vazirligi Sport markazining sportchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda ogʻir atletikachi, “Rio-2016” rekordchisi Ruslan Nuriddinov hamda “Tokio-2020” Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan taekvondochi Ulugʻbek Rashidov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida chempionlar erishgan yutuqlari, yengib oʻtgan mashaqqatli mehnatlari va kelgusidagi musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari haqida yoshlar bilan yaqindan oʻrtoqlashib, jahon arenalarida yurtimiz bayrogʻining yuqori pogʻonalarga koʻtarilishi har bir fuqaroda juda katta gʻurur va iftixor baxsh etishini taʼkidlab oʻtishdi.

Umuman olganda chempionlarning hayot yoʻli yoshlar uchun ibratli maktab boʻlib, kasb nuqtayi nazaridan mazkur uchrashuvlar, ularning qalbida Vatan ravnaqiga daxldorlik hissalarini yanada oshiradi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati