Mudofaa vazirligi “Yo‘l patruli” jamoasi tantanali ravishda kutib olindi

21

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida «ArMI – 2019» musobaqalarining Eronda o‘tkazilgan bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiylarimizni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vakillarimizning individual mahorati har tomonlama raqib jamoalari a’zolari tomonidan e’tirof etilgani e’tiborga molikdir.

Tantanali kutib olish marosimida ularning yaqin qarindoshlari, faxriylar hamda Mudofaa vazirligi mas’ullari qatnashdi.