Harbiylar erta tongdan ayollarga bayram kayfiyati ulashdi

0
7503

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni esa ularga. Goʻzallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uygʻunlashib ketadi. Bahor nafasining kirib kelishi ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan hamohang kechadi. Bayram munosabati bilan ayol-qizlar yana bir bor ehtirom etilib, tabriklar ogʻushiga olinadi.

Markaziy harbiy okrugning Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar
7-mart kuni erta tongdan Jizzax shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida boʻlib, maktabdagi ayol oʻqituvchi va murabbiylarni hamda oʻquvchi qizlarni bayram bilan qutlab, dasta-dasta gullar, esdalik sovgʻalari ulashib, ularga oʻzlarining ezgu tilaklarini tilashdi.

Egnida harbiy libos, qoʻlida gullar bilan kirib kelgan harbiy xizmatchilarni koʻrgan goʻzal va maftunkor opa-singillarimiz koʻngli togʻdek koʻtarildi. Harbiy orkestr ijrosidagi goʻzal kuy-qoʻshiqlar esa haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati