Qarshida harbiylarning oilalari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

0
394

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Qarshi shahridagi harbiy shaharchada harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Harbiy shaharchada istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari va ularning farzandlariga koʻrsatilayotgan tibbiy koʻrik malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tarzda olib borildi.

– Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi yurt himoyachilarining oilalari uchun juda katta koʻmakchi vazifasini oʻtamoqda. Ayniqsa, yosh bolali onalarga ushbu jarayonlarda ishtirok etish ayni muddao. Tizimli ravishda tashkillashtirilayotgan bunday koʻriklardan ular juda ham mumnun, – deydi bevosita bu tadbirlarga boshchilik qilayotgan okrug tarbiyaviy ishlar boshqarmasi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻlim mutaxassisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Tamara Mamanova.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati